AQSH Rossiyaga qarshi sanksiya qo‘llash niyati yo‘qligini e’lon qildi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishni istamaydi, ammo agar bunday qadam asosli bo‘lsa, ushbu huquqni o‘zida saqlab qoladi. Bu haqda Oq uy vakili Jen Psaki maxsus brifingda aytib o‘tdi.

“Biz sanksiyalarimizni e’lon qilganimizda [aprelda] biz iloji boricha sanksiya qo‘llamaslikka harakat qilgandik. Hech kim bu masalani shu darajaga yetkazishni xohlamaydi, ammo agar uning asosli ekaniga qaror qilsak, biz ushbu huquqni o‘zimizda saqlab qolamiz”, deydi u.

Psakining so‘zlariga ko‘ra, Vashington “[Rossiya bilan] uzoq muddatli istiqbolda yanada barqaror munosabatlarga o‘tishni” istaydi. Biroq, Qo‘shma Shtatlar “milliy manfaatlarni himoya qilishni davom ettiradi va Rossiya hokimiyatining AQSH suverenitetiga putur yetkazishga qaratilgan harakatlariga javoban choralar ko‘radi”.

Ma’lumot uchun, AQSH Rossiyaga qarshi turli cheklovlar o‘rnatdi, ular 32 nafar jismoniy shaxs va tashkilotlarga, shu bilan bir qatorda Rossiya davlat obligatsiyalari xaridiga ta’sir o‘tkazdi. Bundan tashqari, mamlakatdan 10 nafar rus diplomati chiqarib yuborildi.

Bu vaziyatdan so‘ng, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSHning sanksiyalari ikki davlat xalqi manfaatlari uchun xizmat qilmasligini bildirdi. Javob tariqasida Rossiya Amerikaning o‘nlab diplomatlariga mamlakatni tark etishni taklif qildi. Qisqa muddatli diplomatik vazifalar orqali keluvchi AQSH diplomatlarining tashrifi va mamlakat bo‘ylab harakatlanishi taqiqlandi, nazoratdagi bir qancha Amerika fondlari faoliyati tugatildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasining AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov mart oyida muzokaralar uchun Moskvaga taklif qilingandi. 

Qayd etilishicha, Prezident Jo Bayden Putinning AQSH saylovlariga aralashgani uchun “javob berishi”ni ta’kidlaganidan so‘ng, Rossiya Qo‘shma Shtatlar bilan keyingi munosabatni belgilab olmoqchi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Sanktsiya

Baholaganlar

129

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing