AQSH Rossiya va Xitoyni o‘zining ashaddiy raqiblari deb biladi
Olam
−
17 Sentabr 2020
5498AQSH Rossiya va Xitoyni asosiy strategik raqiblari deb biladi. Bu haqda Pentagon rahbari Mark Esper aytib o‘tdi.
"Rand Corporation" Amerika markazida nutq so‘zlagan Esper strategik raqobat haqida ham gapirdi. U raqiblari sifatida Rossiya va Xitoyni alohida ta’kidladi. Uning qayd etishicha, ikki kuch o‘zlarining qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish bilan bir qatorda, kosmik va kiber kosmosdagi imkoniyatlarini ham kengaytirmoqda.
"Mudofaa vazirligi birinchi Xitoyni, so‘ngra Rossiyani bizning asosiy strategik raqiblarimiz deb biladi", deya qo‘shimcha qildi u.
Mark Esper AQSH sheriklarini o‘zlarining hayot tarzlarini himoya qilishga chaqirdi.
AQSH harbiy kuchlari samarali muloqot o‘rniga "Rossiya tahdidi" mavzusini tanlayotganlari esa Rossiya vakillarini hayratda qoldirmoqda.
LiveBarchasi