AQSH Rossiya sabab Saudiya bilan munosabatlarini tiklamoqchi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Saudiya Arabistoni bilan “The Washington Post” gazetasining saudiyalik jurnalisti Jamol Qoshiqchi o‘ldirilishi ortidan yomonlashgan munosabatlarni qayta tiklamoqchi. Bu haqda kecha, 10 iyun kuni CNN AQSH ma’muriyatining ismi oshkor etilmagan yuqori martabali vakillariga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Jo Bayden Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng neft va gaz narxi oshishi sababli Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni yaxshilashga qaror qilgan. 

Nashrga ko‘ra, Vashington arab mamlakatlari tomonidan yoqilg‘i qazib olishni ko‘paytirish masalasida Ar-Riyoddan yordam olishga umid qilmoqda, bu esa Oq uyga inflyatsiyani jilovlashda yordam berishi kerak.

Biroq mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi Qoshiqchi o‘ldirilishi uchun “kechirim” degani emas. Ularga ko‘ra, iyul oyida Jo Bayden AQSH ma’muriyati rasmiylari javobgarlikka tortilishini so‘ragan valiahd shahzoda bilan bu masalani muhokama qiladi.

Ar-Riyod siyosatiga oid tanqidiy maqolalari bilan tanilgan Qoshiqchi 2017 yildan beri AQSHda yashab, “The Washington Post” gazetasida ishlagan. U 2018 yilning 2 oktyabr kuni o‘z mamlakatining Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga tashrif buyurganida g‘oyib bo‘lgan. 20 oktyabr kuni Saudiya rasmiylari jurnalist to‘qnashuv natijasida diplomatik vakolatxona binosida o‘ldirilganini tan olgan.

2020 yil sentyabr oyida Saudiya Arabistoni sudi Qoshiqchi qotilligi bo‘yicha yakuniy hukmni chiqargan. Sakkiz ayblanuvchidan besh nafari 20 yilga, bir nafari 10 yilga, yana ikki nafari esa yetti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Saudiya Arabistoni Qoshiqchi

Baholaganlar

368

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing