AQSH Rossiya delegatsiyasiga vizalar bera boshladi

Olam

image

AQSH Rossiya delegatsiyasiga aprel oyi oxiridagi BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishlarida qatnashish uchun viza berishni boshladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Biroq BMT Xavfsizlik Kengashidagi delegatsiyamiz ishini yoritishi kerak bo‘lgan rossiyalik jurnalistlarga vizalar berish masalasi boshi berk ko‘chada qolmoqda”, deydi Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Ma’lumot uchun, Rossiya aprel oyidan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi majlisiga raislik qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasining BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya Lavrov BMT shtab-kvartirasiga tashrif buyurishi va 24-25 aprel kunlari Xavfsizlik kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etishini ma’lum qilgan edi.

Shohjahon Majitov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh viza Rossiya delegatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing