AQSH Rossiya bosqiniga qarshi 18 xil javob tayyorlab qo‘ygani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
15 yanvar 2022
7853AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati “Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi” ehtimoli bo‘lgan taqdirda 18 xil harakat ssenariysini tayyorlab qo‘ygan. Bu haqda AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland ma’lum qildi.
“Men 18 xil ssenariy haqida oldindan gapirmoqchi emasman. Shunchaki, Rossiya har qanday tajovuzkor qadam tashlasa, biz va ittifoqchilarimiz bilan keskin og‘riqli zarba berishga tayyormiz”, deydi Viktoriya Nuland.
Shuningdek, Nuland AQSH va Yevropa davlatlarining Rossiyaga qarshi saksiyalari bir-biridan farq qilishi mumkinligini ta’kidlagan.
“Ba’zi narsalar Yevropadan ko‘ra biz uchun qiyinroq, ba’zan esa aksincha”, deydi u.
Bandan tashqari, AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Vashington Yevropadagi ittifoqchilari bilan G‘arb davlatlari aholisi manfaatlarini hisobga oladigan Rossiya harakatlariga ehtimoliy javob bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Rossiyaning Ukrainaga “bosqini” joriy yil yanvar-fevral oylarining o‘rtalarida boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni asossiz va davlatlar o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishiga sabab deya atagan. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solib, hatar tug‘dirmaydi.
Shu bilan birga, Peskov bu kabi xabarlar Rossiyaga qarshi provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmagan.
LiveBarchasi