AQSH Rossiya bilan yangi “Katta sakkiz”lik tuzilishiga yordam berdi – Volodin

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH va uning ittifoqchilari o‘zlarining sanksiyalar siyosati bilan iqtisodiy aloqalarni buzmoqda, bu esa boshqa mamlakatlarda yangi o‘sish nuqtalarini yaratmoqda va ular Rossiya bilan birgalikda yangi G8 ni tashkil qildilar. Bunday fikrni Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram sahifasida yozib qoldirgan.

“Vashington va uning ittifoqchilari tomonidan mavjud iqtisodiy munosabatlarning uzilishi dunyoda yangi o‘sish nuqtalarining shakllanishiga olib keldi. Sanksiyalar urushida ishtirok etmayotgan sakkiz davlat guruhi – Xitoy, Hindiston, Rossiya, Indoneziya, Braziliya, Meksika, Eron, Turkiya – YAIM, xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha u sanoatlashgan mamlakatlarning eski guruhidan 24,4 foizga oldinda”, deb yozgan Volodin.

Davlat Dumasi spikerining so‘zlariga ko‘ra, AQSH o‘z qo‘llari bilan teng huquqli muloqot va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan davlatlar uchun Rossiya bilan birgalikda yangi “Katta sakkizlik”ni amalda shakllantirish uchun shart-sharoit yaratgan.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda “Katta yettilik” – G7 norasmiy xalqaro klubi mavjud. Unga Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSH kiradi. 2014 yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilguncha ushbu klub tarkibida bo‘lgan va u G8 deb nomlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing