AQSH Rossiya bilan urushadimi? Bayden javob berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan urush qilmoqchi emas, agar NATO kuchlariga hujum qilinmasa, Vashington Ukrainadagi harbiy operatsiyaga bevosita aralashmaydi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden “The New York Times” gazetasida chop etilgan maqolasida yozgan. 

“Biz NATO va Rossiya o‘rtasida urush kutayotganimiz yo‘q. Qo‘shma Shtatlar yoki uning ittifoqchilari hujumga uchramas ekan, biz Ukrainaga jang qilish uchun Amerika qo‘shinlarini yuborish yoki Rossiya harbiy kuchlariga hujum qilish orqali bu mojaroda bevosita ishtirok etmaymiz”, deb yozdi u. 

Bundan tashqari, Bayden Vashington Rossiyadagi hokimiyatni o‘zgartirishga urinmasligiga ishontirdi.  

“Men [Rossiya Prezidenti Vladimir] Putinning fikriga qo‘shilmayman va uning harakatlarini o‘zboshimchalik deb hisoblasam-da, Qo‘shma Shtatlar uning lavozimidan chetlatilishiga hissa qo‘shmaydi”, deydi Amerika Prezidenti. 

Yadro qurollari haqida

Baydenga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning yadroviy quroldan foydalanish niyati borligi belgilarini ko‘rmayapti, Vashington Ukrainada ulardan har qanday foydalanishni nomaqbul deb biladi. 

“Bilaman, butun dunyo bo‘ylab ko‘p odamlar yadro qurolidan foydalanish [xavfi] haqida xavotirda. Ayni paytda bizda Rossiya Ukrainada yadro qurolini qo‘llash niyatida ekani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, garchi vaqti-vaqti bilan yadro qurolini siljitib qo‘yishning o‘zi xavfli va o‘ta mas’uliyatsizlikdir. Men shuni aniq aytmoqchimanki, ushbu mojaroda har qanday miqyosda yadro qurolidan foydalanish biz va butun dunyo uchun mutlaqo nomaqbul bo‘lib, jiddiy oqibatlarga olib keladi”, deydi Bayden. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Jo Bayden

Baholaganlar

1019

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing