AQSH Rossiya harbiy-sanoat kompleksining 48 ta yirik kompaniyasiga sanksiya kiritdi

Olam

image

AQSH hukumati Rossiya harbiy-sanoat majmuasining 48 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda bugun, 24 mart kuni Oq uy ma’lum qildi.

Oq uyga ko‘ra, Rossiya harbiy-sanoat bazasi tarkibiga kiruvchi Rossiyaning 48 ta yirik davlat mudofaa korxonalariga blokirovka qiluvchi sanksiyalar kiritilmoqda.

“Bugungi sanksiyalar Rossiyaning mudofaa sanoati bazasi va ta’minot zanjiriga chuqur va uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatadi, bu orqali 48 ta kompaniya G‘arb moliya va texnologiyalar manbalaridan to‘xtatiladi”, deyiladi AQSH Moliya vazirligi bayonotida.  

Departamentning fikricha, bu kompaniyalar, xususan, Rossiyaning Ukrainadagi operatsiyasi vaqtida qo‘llangan qurollarni ishlab chiqaradi.

Ro‘yxatga Taktik raketalar korporatsiyasi va uning direktori Boris Obnosov, "Granit-Elektron" OAJ, “Globus” Ryazan konstruktorlik byurosi, “Vimpel” muhandislik dizayn byurosi va “Iskra” muhandislik dizayn byurosi kiradi. 

Bundan tashqari, “Rossiya vertolyotlari” xoldingi, “Yuqori aniqlikdagi komplekslar” OAJ, “Texmash” ilmiy-ishlab chiqarish konserni, “Kronshtadt” OAJ va “Dengiz suv osti qurollari – Gidropribor” OAJga nisbatan sanssiyalar joriy etilmoqda. 

Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi Qo‘shma Shtatlardagi aktivlarni muzlatish va Amerika fuqarolari yoki kompaniyalariga o‘z ayblanuvchilari bilan biznes yuritishni taqiqlashni anglatadi, ular ham mamlakatga kirishlari taqiqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH bugun, 24 mart kuni  Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasiga, shuningdek, uning 328 deputati va "Sberbank" rahbari German Grefga qarshi sanksiyalar kiritdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing