AQSH razvedkasi Rossiya qachon Ukrainaga bostirib kirishini aniqladi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH razvedkasi Rossiya kelasi yilning boshida Ukrainaga qarshi 175 ming askar bilan hujum uyushtirishni rejalashtirayotganini aniqladi. Bu haqda  "The Washington Post” va “The Associated Press” nashri xabar berdi. 

"Rossiya 2022 yilning boshida o‘tgan bahorda kutilmaganda Ukraina chegarasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar vaqtidagiga qaraganda ikki baravar katta kuch bilan mamlakatga hujum qilishni rejalashtirmoqda. Reja taxminan 175 ming kishidan iborat 100 ta batalon taktik guruhlarni, shuningdek zirhli texnika, artilleriya va texnikani o‘z ichiga oladi”, degan ismi oshkor qilinishini istamagan AQSH ma’muriyati vakili "The Washington Post" nashriga.

Qayd etilishicha, AQSH razvedkasi hujjatida sun’iy yo‘ldosh fotosuratlari mavjud. Ular rus qo‘shinlari to‘rtta joyga jamlanganini ko‘rsatadi.

Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarda rossiyalik harbiy xizmatchilar soni 70 ming  nafar ekani, biroq ularning soni 175 ming nafargacha ko‘paytirilishi prognoz qilinmoqda.

Razvedka hujjatiga ko‘ra, hozirda 50 ta jangovar taktik guruhlar, shuningdek “yangi kelgan” tanklar va artilleriya vositalari joylashtirilgan.

Shuningdek, Rossiya kuchlari Ukrainaga tezkorlik bilan hujum uyushtirish uchun harbiy jihozlarini mashg‘ulot ob’ektlarida qoldirishi mumkinligi ham ko‘rsatilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Qrim 2014 yilda o‘tkazilgan referendum natijasida Rossiya tarkibiga kirgan. Bu qarorni ovoz berishda ishtirok etgan yarimorol aholisining 96 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Ukraina va G‘arb davlatlarining aksariyati referendum natijalarini tan olmagan va Qrimning anneksiyasini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

hujum

Baholaganlar

902

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing