AQSH Ramzan Qodirovga aloqador kompaniya va jismoniy shaxslarga sanksiya joriy qildi
Olam
−
10 dekabr 2020
7774AQSH Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. “Qora ro‘yxat”ga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga aloqador inson huquqlarining jiddiy buzilishiga aralashgan jismoniy va yuridik shaxslar kiritilgan.
Avvalroq rasmiy Vashingtonning cheklovlariga uchragan Qodirovning o‘zi esa xalqaro Magnitsk akti doirasidagi sanksiyalar ro‘yxatiga ham kiritilgan.
“Qodirov “Qodirovchilar” tashkiloti yetakchisi sifatida sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Tashkilot va uning a’zolari inson huquqlarining jiddiy buzilishiga aloqador”, deya ta’kidlagan Moliya vazirligi.
Shuningdek, "Ahmat" futbol klubi, "Ahmat" mutlaq chempionati tashkiloti, "Ahmat Qodirov" jamg‘armasi, "Megastroyinvest" MCHJ, "Ahmat" aralash yakkakurashlar klubi va "Chechen mineral suvlari" kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilindi.
Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan jismoniy shaxslar qatorida Checheniston Bosh vazirining o‘rinbosari Vaxit Usmayev, chechenistonlik sportchi hozirda Germaniyada yashovchi Timur Dugazayev, Checheniston rahbarining yordamchisi Daniil Martinov, sobiq senator, Qodirovning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi sobiq vakili Ziyod Sabsabi va Satish Simar bor.
Sanksiyalar ro‘yxatiga tushish AQSHdagi aktivlarining muzlatilishi va har qanday amerikalikning ushbu kompaniyalar bilan hamkorlik qilishini to‘xtatish demakdir.