AQSH Putinning yangi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi
Olam
−
27 Sentabr
14289AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yadroviy qurol tahdidi mas’uliyatsiz ekani va dunyo ko‘proq qurolsizlanishga muhtojligini aytdi. Bu haqda u MSNBC telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“O‘ylaymanki, dunyoda ko‘pchilik avval ham yadro quroli bilan tahdid qilgan, masalan, Xitoy ham. Shuning uchun men hozir ko‘proq qurolsizlanish va qurollarni tarqatmaslik haqida muloqot qilishga chaqirgan bo‘lardim”, degan Blinken.
Yaqinda Vladimir Putin yana bir bor yadro qurolidan foydalanish haqida gapirdi. Xususan, u Rossiyaning yadroviy doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritilishini, yadroviy arsenaldan foydalanish shartlarini kengaytirish bo‘yicha rejalarni e’lon qildi. U mavjud me’yorlarni tuzatish zarurligini hozirgi harbiy-siyosiy vaziyatdagi “dinamik o‘zgarishlar” hamda Rossiya Federatsiyasi va uning ittifoqchilari uchun “harbiy tahdidlar va xavflarning yangi manbalarining paydo bo‘lishi” bilan bog‘ladi. Putin Rossiya Federatsiyasi va Belarusga qarshi "agressiya sodir bo‘lgan taqdirda yadro qurolidan foydalanish huquqini" o‘zida saqlab qolishini ta’kidladi. Bundan tashqari, u Belarus hukmdori Aleksandr Lukashenko bilan "bu masalalarning barchasi kelishilgan"ini aytdi.
Ayni paytda, 2020 yildan beri amalda bo‘lgan Rossiyaning yadroviy to‘xtatuvchilik doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritilishi noma’lumligicha qolmoqda. Ushbu hujjatga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi o‘ziga yoki uning ittifoqchilariga qarshi yadroviy yoki boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llashga javoban, shuningdek, "Rossiya Federatsiyasiga odatiy qurollardan foydalangan holda tajovuz qilingan taqdirda, davlatning mavjudligi tahdid ostida bo‘lsa", yadro qurolidan foydalanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda YeI tashqi siyosati vakili Piter Stano Rossiya Putinning yadroviy doktrinani o‘zgartirish haqidagi bayonotini “o‘ta mas’uliyatsiz va qabul qilib bo‘lmaydigan xatti-harakatlarining davomi” deb atagandi. Stanoga ko‘ra, bu Putinning yadroviy arsenal bilan birinchi marta qimor o‘ynashi emas.
LiveBarchasi