AQSH “Putinning oshpazi” haqidagi ma’lumot uchun mukofot belgiladi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti “Adolat uchun mukofot” (RFJ) dasturi doirasida rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Prigojin haqidagi ma’lumot uchun 10 mln dollar mukofot e’lon qildi. Bu haqda idora saytida kecha, 28 iyul kuni xabar berildi.

Davlat departamenti rossiyalik ishbilarmon, OAVda “Putinning oshpazi” deya tilga tushgan Yevgeniy Prigojin va unga tegishli ekani aytilayotgan “Internet tadqiqotlar agentligi” MCHJ haqidagi ma’lumotlar uchun 10 mln dollar mukofot bermoqchi. Mazkur kompaniya “trollar fabrikasi” deya ta’riflanadi.

Davlat deparatmenti hisobotida “Internet tadqiqotlar agentligi” 2014 yildan buyon “nifoq solish maqsadida” AQSH saylovlariga aralashish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirayotgan tashkilot sifatida tavsiflanadi. Agentlikka Prigojin boshqaradigan “Konkord Menedjment va Konsalting” va “Concord Catering” kompaniyalari homiylik qilgani ta’kidlanmoqda.

Prigojindan tashqari, Davlat departamenti ro‘yxatida “Internet tadqiqotlar agentligi”ga aloqador deb taxmin qilingan yana bir qancha shaxslar ro‘yxati keltirilgan: Mixail Ivanovich Bistrov, Mixail Leonidovich Burchik, Aleksandra Yurevna Krilova, Anna Vladislavovna Bogacheva, Sergey Pavlovich Polozov, Mariya Anatolevna Bovda, Robert Sergeyevich Bovda, Jeyxun Nasimi Ogli Aslanov, Vadim Vladimirovich Podkopayev, Gleb Igorevich Vasilchenko, Irina Viktorovna Kaverzina va Vladimir Venkov. Ulardan ba’zilari FQB tomonidan ham qidirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat departamenti

Baholaganlar

1225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing