AQSH prezidentligiga nomzod omma oldida qo‘shiq kuyladi (video)
Olam
−
14 avgust 2023 6148 1 daqiqa
AQSH prezidentligiga nomzod Vivek Ramasvami omma oldida Eminemning "Lose Yourself" qo‘shig‘idan parcha ijro etdi. Bu haqda RNS xabar berdi.
Qayd etilishicha, 38 yoshli Ramasvami Ayova shtatida o‘z tarafdorlari oldida rep ijro etgan. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, "Lose Yourself" saylovoldi tashviqoti davomida uning ijro etadigan eng sevimli qo‘shig‘i hisoblanadi.
Shuningdek, prezidentlikka nomzod so‘zlagan nutqida AQSHni Xitoy tovarlariga qaramlikdan xalos etish, hamda Ukrainani NATOga kiritilishiga yo‘l qo‘ymaslikni va’da qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Ramasvami asosiy nomzodlar orasida Donald Tramp(52,1%) va Ron DeSantis(15,1%) dan keyin 6,1 foizlik natija bilan uchinchi o‘rinda turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Kolumbiya okrugi federal sudi sudyasi Tanya Chatken AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga 2021 yil yanvarida Kapitoliy tepaligidagi tartibsizliklar bo‘yicha “nozik ma’lumotlarni ” oshkor qilishni taqiqladi.
Durdona Shirinova
Live
Barchasi