AQSH prezidentligiga nomzod Kennedi Rossiyaning tarafini olib chiqdi
Olam
−
15 avgust 2023
14860NATO va Rossiya o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda alyans omon qolmaydi va parchalanib ketadi. Bu haqda Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga da’vogar kichik Robert Kennedi Britaniyaning “GB News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
"Ukraina Rossiya va AQSH o‘rtasidagi geosiyosiy kurashda qo‘g‘irchoq bo‘lib, unga NATOning barcha a’zolari jalb qilinmoqda va bu alyansni yo‘q qiladi, chunki men NATOning barcha a’zolari, masalan, Gretsiya Rossiyaga qarshi urush boshlash uchun jasorat topadi, deb o‘ylamayman va buni hech kim xohlamaydi", deydi siyosatchi.
Shuningdek, Kennedi millionlab amerikaliklar tibbiy sug‘urta va oziq-ovqat talonlarisiz qolgan bir paytda AQSHning Ukrainaga ko‘mak uchun sarflagan mablag‘i allaqachon 130 milliard dollarni tashkil etganini urg‘ulagan.
Ma’lumot uchun, huquqshunos va siyosatchi Robert Kennedi 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun ariza topshirgan. Siyosatchi senator Robert Kennedining (1925-1968) o‘g‘li va sobiq Amerika yetakchisi Jon Kennedining (1917-1963) jiyani hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq kichik Robert Kennedi AQSH Pentagonning 2001 yilgi bioqurol dasturlari doirasida Ukrainada biolaboratoriyalar tashkil qilganini aytgandi.
LiveBarchasi