AQSH prezidenti bo‘lishga kimning imkoniyati yuqori? Tadqiqot o‘tkazildi

Olam

image

Harvard CAPS-Harris sotsiologik xizmati AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp va hozirgi davlat rahbari Jo Baydenning saylovda g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholovchi tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqda Oq uy e’lon qilgan bayonotnomada keltirildi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Donald Trampning imkoniyatlari Baydennikidan yuqori ekani aniqlandi.

“Tramp Respublikachilar vakili sifatida prezidentlikka yagona yetakchi nomzod bo‘lib turibdi”, deyiladi bayonotda. 

So‘rovnoma ma’lumotlariga ko‘ra, agar yaqin kunlarda saylov bo‘lib o‘tsa, saylovchilarning 46 foizi Trampga, 41 foizi Baydenga ovoz berishlari mumkin. Aholining 13 foizi esa hali bir qarorga kelmagan.  

Agar prezidentlik bellashuvida faqat Tramp va Kamala Xarris ishtirok etsa, respondentlarning 49 foizi sobiq prezidentga, 39 foizi esa amaldagi vitse-prezidentga ovoz berishi mumkin. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 15-16 fevral kunlari o‘tkazilgan “sakkiz nomzod ishtirokidagi faraziy saylov”da Tramp o‘z partiyadoshlarini ham mag‘lub etdi. Unda amerikalik saylovchilarning 1838 nafari ishtirok etdi. Saylovchilarning 37 foizi sobiq prezidentga, 19 foizi Florida gubernatori Ron DeSantisga, 7 foizi Janubiy Karolina gubernatori Nikki Xeyliga ovoz bergan.  

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 8 noyabr kuni AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda o‘z nomzodini qo‘yish niyatida AQSH Kongressiga murojaat qilgan edi. Mamlakatning amaldagi Prezidenti Jo Bayden ham saylovlarda o‘z nomzodini ilgari surdi.

Umida Muxtorbekova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing