AQSH narxlar tushganidan foydalanib, milliy neft zaxiralarini to‘ldirib oladi
Olam
−
21 aprel 2020
6764AQSHning milliy neft zaxiralari mahsulotning rekord darajadagi past narxlari tufayli to‘liq to‘ldiriladi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
“Biz neft omborlariga 75 million barrel mahsulot yuborishni rejalashtiryapmiz. Uzoq vaqt ichida birinchi marta zaxira to‘ldiriladi“, deydi AQSH rahbari.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHning maksimal strategik neft zaxirasi 713,5 million barrelga teng. Avvalroq, AQSH Energetika vazirligi strategik neft zaxirasi uchun AQSH tomonidan ishlab chiqarilgan 77 million barrel mahsulotni sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilganini e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 aprelida xalqaro bozorlardagi neft 0 qiymatlargacha tushib ketdi. Bugun, 21 aprel kuni mahsulot narxi 0 qiymatdan biroz ko‘tarildi.
LiveBarchasi