AQSH muvaffaqiyatsiz davlatga aylandi – Tramp

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden muvaffaqiyatsiz siyosat olib borayotgani uchun mamlakati Saudiya Arabistoni va Venesueladan neft so‘rashga majbur bo‘lgan davlatga aylandi. Bu haqda mamlakat sobiq Prezidenti Donald Tramp Viskonsin shtatining Uokesho shahrida o‘z tarafdorlari oldida o‘tkazilgan mitingda aytib o‘tdi. 

Trampga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar energetika bo‘yicha mustaqil davlat maqomini yo‘qotgan va Amerika Baydenning ikki yillik siyosatidan so‘ng “muvaffaqiyatsiz davlat”ga aylangan.

“Biz Venesuela, Saudiya Arabistoni va boshqa ko‘plab davlatlardan neft so‘rayotgan xalqmiz. Lekin bizning oyog‘imiz ostida dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq suyuq oltin bor”, deydi Amerikaning 45-Prezidenti.

U yana bir bor Baydenni tanqid qilgan va Oq uyni rekord darajadagi inflyatsiyada ayblagan.

Avvalroq, Tramp Jo Bayden ma’muriyatining harakatlarini bir necha bor tanqid qilgan. Xususan, u Ukrainaga nisbatan siyosatni “jinnilik” deb atagan va bu jahon urushiga olib kelishi mumkinligini aytgan.

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar uchun asosiy tahdid ichkaridan kelishini, natijada mamlakat SSSR, Venesuela yoki Kuba taqdirini takrorlashi mumkinligini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, u mamlakat Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga kelishini tanqid qilib, spikerni aqldan ozgan, deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

433

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing