Toshkentda AQSH mustaqilligining 246 yilligi nishonlandi
Jamiyat
−
15 iyun 2022
4654Kecha, 14 iyun kuni poytaxt Toshkentda Amerika Qo‘shma Shtatlari mustaqilligining 246 yilligi va O‘zbekiston-AQSH diplomatik munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligi katta tantana qilindi.
Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi bo‘lib o‘tgan tadbirga davlat boshqaruvi idoralari rahbarlari, jamoat tashkilotlari faollari, xorijiy mamlakatlar elchilari va diplomatik korpus vakillari, jurnalistlar jam bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Oliy Majlis spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdulaziz Komilov, Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov, Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov qatnashdi.
Rasmiy qabul marosimi avvalida Deniyel Rozenblyum so‘zga chiqib, bundan 246 yil avval qabul qilingan va hamon Amerika boshqaruvida tamal qoida bo‘lib kelayotgan Mustaqillik deklaratsiyasinining ahamiyati haqida gapirdi.
AQSHning Buyuk Britaniyadan mustaqilligini e’lon qilgan Deklaratsiya Kongress tomonidan 1776 yil 2 iyulda Filadelfiyada (Pensilvaniya shtati) qabul qilingan. Ikki kun o‘tgach, Kongress hujjatning o‘zgartirilgan variantini ma’qulladi va ommaga tarqatishni buyurdi. Shuning uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarining mustaqillik kuni 4 iyul etib belgilandi.
Tadbir tafsilotlari haqida kelgusi maqolalarda o‘qishingiz mumkin.
LiveBarchasi