AQSH mudofaa sanoatida Rossiya va Xitoyga qaramlikdan qutulmoqchi

Olam

image

AQSH Kiyev uchun yordam paketidan Xitoy va Rossiyaga qaramlikni kamaytirishda foydalanadi. AQSH Mudofaa vazirligi ushbu sohada Rossiya va Xitoyga qaramlikni kamaytirish maqsadida Ukrainaga moliyaviy yordam paketi mablag‘larining bir qismini AQSH harbiy-sanoat majmuasining turli korxonalariga grant sifatida ishlatmoqda. Bu haqda kecha, 27 iyun kuni “Defence News” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH Kongressi tomonidan Ukrainaga yordam berish uchun ajratilgan jami 40 milliard dollarning taxminan 2 foizi AQSHning mudofaa qobiliyatini oshirishga, masalan, tog‘-kon sanoati va o‘q-dorilar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Grantlarning umumiy miqdori taxminan 600 million dollarni tashkil etadi. Pentagon shu yo‘l bilan ta’minot zanjirlarini yaxshilash va sanoat bazasining Rossiya va Xitoyga qaramligini kamaytirishni kutmoqda. Grant dasturi shu yilning aprel oyida Aerojet Rocketdyne kompaniyasi snaryad ishlab chiqarishni oshirishi uchun Arkanzas, Alabama va Virjiniyadagi ob’ektlarni modernizatsiya qilishga 215,6 million dollar olganida boshlangan.

Iyun oyida esa Ayova shtatida samolyotlar va yer usti uskunalarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan alyuminiy yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlashga 45,5 million dollar yo‘naltirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda jahon alyuminiy bozorining 75 foizi Rossiya nazoratida.

Bundan tashqari, Aydaxo shtatida mudofaa sanoati uchun muhim metall bo‘lgan kobalt ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun yana 15 million dollar ajratilgan. Mudofaa investitsiyalarini taqsimlashga mas’ul Pentagonning yuqori martabali xodimi Entoni Di Stasioning aytishicha, asosiy miqdorda kobalt Xitoyda yoki Ukrainada va hozirda ishlab chiqarish imkoni bo‘lmagan boshqa joylarda qayta ishlangan.

Mablag‘larning bir qismi asosan Xitoyda ishlab chiqarilgan raketa yoqilg‘isi va portlovchi moddalarda qo‘llaniladigan 27 ta muhim kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish uchun AQSH kimyo kompaniyalariga yo‘naltirilishi kutilmoqda. 

"Agar ular [kimyoviy moddalar] qurolda qo‘llanilishi kerak bo‘lsa, biz ularning Xitoydan kelishini xohlamaymiz", deydi Di Stasio.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing