AQSH Mirziyoyevning tuhmat va haqorat bo‘yicha topshirig‘iga munosabat bildirdi

Olam

image

AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish normasini bekor qilish bo‘yicha topshirig‘ini olqishladi.

Byuro o‘zining Twitter`dagi sahifasida qoldirgan postida shunday deyiladi:

“Biz O‘zbekistonda tuhmat uchun qamoq jazosi bekor qilinishi rejasini olqishlaymiz. Mamlakat prezidenti aytganidek, matbuot - hukumat faoliyatining ko‘zgusi. Demokratiya erkin OAV talab qiladi. Umid qilamizki, yangi qonun xalqaro me’yorlarga mos ravishda hech qanday qo‘rquvsiz izchil va mustaqil axborot berishni kafolatlaydi.”

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida 2020 yil mayga qadar tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo turlarini tayinlashni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlash belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

463

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing