AQSH Markaziy Osiyoga pul berishni ko‘paytirmoqchi
Olam
−
15 mart
7951Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi sanksiyalarning Markaziy Osiyo uchun oqibatlarini yumshatish ustida ishlashda davom etadi va mintaqa bilan savdo hajmini va u yerga sarmoya oqimini oshirishga tayyor. Bu haqda AQSH Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Nikolas Berliner ma’lum qildi.
“Biz, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ushbu sanksiyalar [oqibatlarini] yumshatish va ularga rioya qilishda yordam berish bo‘yicha ishimizni davom ettiramiz. Investitsiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular sezilarli edi va biz ular mintaqaga kirib borishda davom etmaydi va o‘sishda davom etmaydi, deb aytmaymiz”, deydi Berliner matbuot anjumanida TASS muxbirining Rossiyaga qarshi sanksiyalardagi ishtiroki tufayli iqtisodiy zarar ko‘rayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hamkorlariga Vashington qanday javob berishi haqidagi savoliga javob berar ekan.
Berliner AQSHning Markaziy Osiyoga sarmoyasi umuman past bo‘lganini urg‘ulab, bunga misol sifatida 2023 yilda kiritilgan sezilarli darajada yuqori sarmoyani keltirdi.
“O‘zbekiston va Qozog‘istonga qariyb bir milliard sarmoya kiritildi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar (Markaziy Osiyoda – tahr.) nafaqat AQSH, balki Yevropa va dunyoning boshqa davlatlari bilan o‘zaro hamkorlikda ham mintaqaviy, ham mintaqalararo, ham mintaqalar ichida savdo hajmining oshishini ko‘rmoqchi edi.
13-15 mart kunlari Olmaota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH hukumatlari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida B5+1 forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Avvalroq, 2023 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida Markaziy Osiyo va AQSH (C5+1) davlat rahbarlari sammiti chog‘ida AQSH Prezidenti Jo Bayden C5+1 Iqtisodiy hamkorligi doirasida yangi biznes-platforma yaratilishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi