AQSH Malidagi harbiy to‘ntarishga munosabat bildirdi
Olam
−
20 avgust 2020
5048Vashington Malidagi g‘alayonni "keskin qoraladi" va harbiylarni hibsga olingan hukumat amaldorlari va ularning oilalari xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.
AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar "barcha siyosiy va harbiy o‘yinchilarni konstitutsiyaviy hukumatni tiklash uchun ishlashga chorlaydi".
"Biz Malidagi barcha manfaatdor tomonlarni tinch muloqotga, maliliklarning so‘z erkinligi, tinch namoyishlar o‘tkazish huquqlarini hurmat qilishga va zo‘ravonlikdan voz kechishga chaqiramiz", deydi AQSH diplomatiyasi rahbari o‘z bayonotida.
Mali prezidenti Ibrohim Babakar Keyta joriy yilning 18 avgust kuni isyonchi harbiylar tomonidan hibsga olingandan so‘ng iste’foga chiqdi. Bosh vazir Bubu Sisse ham hibsga olingan.
Davlat rahbari o‘z qudratini saqlab qolish uchun qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.
Malida mamlakat poytaxti Bamako yaqinidagi Kati bazasida harbiylar isyon ko‘tarib, Prezident va Bosh vazirni hibsga olishdi.
Malida 2020 yil may oyidan boshlab mamlakat prezidentining iste’fosini talab qilib norozilik namoyishlari davom etmoqda.
Keyta davlat televideniyesida bayonot berdi va 10-12 iyuldagi norozilik namoyishlari paytida fuqarolarning o‘limidan afsusda ekanini bayon qildi. Shuningdek, prezident parlament va hukumat tarqatib yuborilishini aytdi.
LiveBarchasi