AQSH ma’muriyati o‘zini yakkalab qo‘ydi – Rossiya TIV
Olam
−
11 Oktabr 2022
10556AQSH Rossiyaga qarshi koalitsiya tuzishga urinishlari muvaffaqiyatsizlik bo‘lgach, rasmiy Moskva bilan muloqotga intilyapti. Negaki AQSHning amaldagi ma’muriyati o‘zini yakkalab qo‘ydi. Rossiya Federatsiyasi teng huquqli muloqotni rad etmaydi. RF Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov RIA Novostiga bergan intervyusida shunday bayonot berdi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya-Amerika munosabatlari hozir “o‘ta ayanchli holatda, sovuq urushning eng yuqori cho‘qqilari bilan taqqoslanadigan darajada.
Rossiya Federatsiyasi va AQSH rahbarlari o‘rtasida Nikita Xrushev va Jon Kennedi tomonidan o‘rnatilgan ishonchli aloqa kabi muloqot kanalini yaratish imkoniyatlarini baholar ekan, Ryabkov hozirgi Amerika ma’muriyati “Rossiyaga qarshi yangidan yangi sanksiyalar kiritib, o‘zini o‘zi burchakka taqab qo‘yganini” ta’kidladi.
Vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, Vashingtonda bu cheklovlar yo “majruh qiluvchi” yoki “do‘zaxiy” deb e’lon qilingan, biroq ular umuman ishlamaydi.
“Zarbaga ishonch bilan bardosh berib kelayotgan iqtisodimizni “parchalash” ish bermayapti. AQSH va uning vassallarining an’anaviy aloqalaridan ko‘ra kengroq bo‘lgan Rossiyaga qarshi xalqaro koalitsiya tuzishga urinishlar ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
O‘z navbatida biz aloqalarni rad etmaymiz. Biz muloqot qilmaslikdan ko‘ra gapirish har doim afzalroq deb hisoblaymiz. Ammo bunday muloqot o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish asosida qurilishi kerak”, deydi Ryabkov.
Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSHni ikkiyuzlamachilikda ayblagan edi.
LiveBarchasi