AQSH koronavirusga qarshi kurashda smartfonlarni ishga soladi
Olam
−
29 mart 2020
10911AQSH hukumati endilikda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida smartfonlar yordamida fuqarolarning harakatlari haqida ma’lumot to‘playdi. Bu haqda “Wall Street Journal” gazetasi yozmoqda.
Olingan ma’lumotlar mamlakatning 500 dan ortiq shaharida istiqomat qiluvchi odamlarning harakatlarini tahlil qilish hamda federal va mahalliy hokimiyat idoralari uchun zarur portal yaratish imkonini beradi. Bunday chora koronavirus tarqalishining ssenariylarini oldindan ko‘ra bilish va infeksiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga yordam beradi.
Nashrning ta’kidlashicha, hukumat odamlarning turgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga kirish huquqini qo‘lga kiritadi, ammo ismlar va telefon raqamlari bundan mustasno. Ma’lumotlarni Amerika hukumatiga uyali aloqa operatorlari emas, balki reklama beruvchilar taqdim etiladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga 124 464 nafar odam chalindi. 2463 bemor shifo topgan bo‘lsa, 2226 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi