AQSH Koreya yarim orolidagi vaziyatdan Xitoyga qarshi foydalanmoqchi
Olam
−
15 aprel 2023 7935 1 daqiqa
Qo‘shma Shtatlar Koreya yarim orolidagi mavjud vaziyatdan Xitoyga to‘siqlar yaratish va unga qarshi ittifoq tuzish uchun foydalanmoqda. Bu haqda bugun, 15 aprel kuni Xitoy hukumatining Koreya yarimoroli bo‘yicha maxsus vakili Lyu Syaomin ma’lum qildi.
“Biz AQSHning Koreya yarim orolidagi muammolardan Xitoyga aralashish maqsadida foydalanish niyatidan xavotirdamiz. Bu ularning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi ittifoqdoshlari bilan aloqa qilish, Janubiy Koreya va Yaponiya bilan ittifoqni mustahkamlash strategiyasining bir qismidir”, deydi Xitoy vakili.
Lyu Syaomin KXDR yadro dasturining rivojlanishi bilan bog‘liq xavotirlarga izoh berib, odamlar asosiy e’tiborni Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlari va raketa uchirishlariga qaratishi, biroq buning sababi bilan qiziqmasligini bildirgan. Uning aytishicha, Pxenyanning bunday amaliyotiga mintaqada hech qanday mexanizm, xavfsizlik tuzilmasi yo‘qligi sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, yil boshidan beri Koreya yarim orolida yoki uning yaqinida AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya qurolli kuchlarining turli guruhlari ishtirokida KXDRni jilovlash bo‘yicha bir necha harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bugun, 15 aprel kuni esa ushbu davlatlarning mudofaa vazirliklari vakillari Vashingtonda KXDR tahdidlarining oldini olish maqsadida raketa va suv osti kemalariga qarshi mashqlarni muntazam o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilgan.
Live
Barchasi