Kongressmenlar Pentagondan Ukrainaga AQSH qurollari bilan Rossiyaga hujum qilishiga ruxsat berishni so‘radi
Olam
−
22 may
6698Bir guruh qonunchilar AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatidan Ukrainaga Rossiya hududiga Amerika qurollaridan foydalangan holda zarbalar berishga ruxsat berishni talab qilmoqda. Bu haqda AQSH Kongressi Vakillar palatasidagi har ikki partiya qonunchilarining Pentagon rahbariga maktubida so‘z boradi.
Maktubda kongressmenlar AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostinni Kiyevga ma’lum sharoitlarda Rossiya hududidagi strategik nishonlarga zarba berish uchun Qo‘shma Shtatlar tomonidan taqdim etilgan qurollardan foydalanishga ruxsat berishga chaqirgan.
"Bayden ma’muriyati Ukraina harbiy rahbariyatiga to‘liq operatsiyalarni o‘tkazish imkoniyatini berishi kerak", deydi qonunchilar.
Ularning aytishicha, AQSH ma’muriyati yangi ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘rgatishini ham ta’minlashi kerak.
"12 nafar ukrainalik uchuvchining tayyorgarligi yetarli emas", deydi ular.
Shu bilan birga, kongressmenlar Bayden ma’muriyatini Kiyevga havo hujumidan mudofaa bo‘yicha qo‘shimcha aktivlarni topshirishga chaqirmoqda. Ularning baholashlariga ko‘ra, so‘nggi ma’lumotlar Ukrainaga yordam yetarli miqdorda bo‘lmagani va noto‘g‘ri vaqtda yetib borayotganidan dalolat beradi, bu esa jang maydonida allaqachon qiyin vaziyatni yanada kuchaytirmoqda.
"The Wall Street Journal" gazetasining yozishicha, Ukraina Bayden ma’muriyatidan Rossiyadagi Kiyev zarba berishi mumkin bo‘lgan nishonlarni aniqlashni so‘ragan. Manbaga ko‘ra, Kiyev Vashingtondan Rossiya hududidagi nishonlarga nisbatan Amerika qurollarini qo‘llash bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashni ham so‘ragan.
O‘tgan hafta Oq uy, Davlat departamenti va Pentagon vakillari AQSH ma’muriyati Kiyev Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berish uchun Amerika qurollaridan foydalanmasligi kerakligi haqidagi pozitsiyasini o‘zgartirmaganini tasdiqladi. Amerika Mudofaa vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singxning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Ukraina Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi har qanday aloqalar chog‘ida Amerika tomoni har doim Kiyevga topshirilgan qurollar “jang maydonida” va “Ukraina hududida” qo‘llanilishi kerakligini ta’kidlaydi.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Ukraina Rossiya hududiga zarba berish uchun Britaniya qurollaridan foydalanishi mumkinligini aytgandi.
LiveBarchasi