AQSH Kongressi TikTok'ni taqiqlamoqchi

Olam

image

AQSH Kongressining Vakillar palatasi TikTok'ni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha kuchga kirgandan so‘ng kompaniyaga ijtimoiy tarmoqni sotish uchun 5 oy vaqt beriladi. Bu haqda “RBK” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur qonun loyihasi “amerikaliklarni xorijiy dushmanlar tomonidan boshqariladigan ilovalardan himoya qilish uchun” ishlab chiqilgan. Qonun kuchga kirganidan so‘ng, kompaniyaga besh oy vaqt beriladi yoki ilova taqiqlanadi: TikTok'ni Amerikada App Store yoki boshqa platformalar orqali tarqatish noqonuniy bo‘ladi.

Aytilishicha, qonun loyihasiga kiritilgan “xorijiy dushmanlar” qatorida Rossiya, Shimoliy Koreya va Eron davlatlari o‘rin olgan. Ta’kidlash joizki, AQSHda TikTok'ni taqiqlash taklifi birinchi marta emas.  Donald Tramp rahbarligida Xitoyning TikTok va WeChat ilovalarini taqiqlashga urinib ko‘rgan. Ilovalar Qo‘shma Shtatlardagi App Store, Google Play va boshqa ilovalar do‘konlaridan olib tashlanishi kerak edi, ammo Jo Bayden hokimiyat tepasiga kelgach, cheklovlar joriy etilishi "bir muddat" kechiktirilgan.

Ma’lumot uchun, Bayden davrida, 2022 yil dekabr oyida Kongress ijtimoiy tarmoqni amerikaliklarga josuslik qilishda va milliy xavfsizlikka tahdid solayotganlikda gumon qilgan. 2023 yilning may oyiga kelib AQSHning 41-shtati Montanada TikTok'ga to‘liq taqiq joriy etishga qaror qilindi. U 2024 yil 1 yanvardan kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi TikTok'ni sudga bergani haqida xabar bergandik.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Evropa Ittifoqi TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing