AQSH Kongressi mudofaa xarajatlari uchun rekord miqdordagi mablag‘ni ma’qulladi

Olam

image

AQSH Kongressining Vakillar palatasi mamlakatning oktyabr oyida boshlangan 2024 moliya yili uchun rekord darajadagi 886 milliard dollar miqdoridagi mudofaa byudjeti loyihasini ma’qulladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Tasdiqlangan miqdor bir yil oldingiga nisbatan taxminan 3 foiz ko‘p. Hujjatda harbiy xizmatchilarning ish haqini 5,2 foizga oshirish ko‘zda tutilgan, bu esa so‘nggi 20 yildan ortiq vaqtdagi eng katta o‘sishdir.

Hujjatni 310 kongressmen qo‘llab-quvvatlagan, 118 nafari qarshi chiqqan. Avval byudjet AQSH Senati tomonidan ma’qullangan edi.

Endi mudofaa byudjeti loyihasi imzolash uchun Prezident Jo Baydenga yuboriladi.

Qonun loyihasida ko‘rsatilgan xarajatlar qatoriga yangi kemalar, o‘q-dorilar, samolyotlar sotib olish, shuningdek, Xitoyni Hind-Tinch okeani mintaqasida ushlab turish va Ukrainaga yordam berishga qaratilgan chora-tadbirlar kiradi.

Xususan, Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusini 2026 yil oxirigacha uzaytirish va Kiyevga 300 million dollar ajratish rejalashtirilgan. Bu avvalroq Oq uy Kiyev uchun so‘ragan 61 milliard dollardan ancha kam.

Bayden ma’muriyati so‘rovini keng qamrovli immigratsiya islohotlarini qabul qilish bilan bog‘lagan respublikachi qonunchilar pozitsiyasi tufayli bu miqdor Kongress tomonidan hali ham tasdiqlanmagan.

Moliyaviy va harbiy yordamni davom ettirish maqsadida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy shu hafta boshida AQSHga tashrif buyurgandi.

13 dekabr kuni senatorlar tomonidan qabul qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, Ukrainada soliq to‘lovchilar mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini ko‘rib chiqish uchun maxsus bosh inspektor lavozimi yaratiladi – bu allaqachon mavjud nazorat mexanizmidan tashqari.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden mudofaa xarajatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made