AQSH Kongressi a’zosi Ukrainani urush tugamaguncha moliyalashni to‘xtatishni taklif qilmoqda
Olam
−
01 iyul 2023
9320AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grin keyingi moliya yili uchun mudofaa byudjeti loyihasiga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi, bu esa Ukrainada ziddiyat tugamaguncha har qanday moliyalashtirishni to‘xtatadi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida aytib o‘tgan.
“O‘lim va vayronagarchilik to‘xtashi kerak, shu bois tinchlikka erishish uchun men harbiy mojaro diplomatik yo‘l bilan hal etilgunga qadar Ukrainani har qanday moliyalashtirishni taqiqlovchi o‘zgartirish kiritishni taklif qilaman”, deydi Vakillar palatasi a’zosi.
Shuningdek, u Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlari va uzoq masofali raketalarni yetkazib berishni taqiqlovchi tuzatish kiritganini aytdi.
“Biz urushni moliyalash emas, tinchlikni izlashimiz kerak”, deya qo‘shimcha qilgan Grin.
Avvalroq “The New York Times” Kongressdagi Demokratlar va Respublikachilar partiyalarining Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasi bo‘yicha konsensusi Kiyev qarshi hujumi boshlanishi fonida zaiflasha boshlagani haqida xabar bergan edi.
Ammo nashrga ko‘ra, Ukraina uchun belgilangan byudjetdan qo‘shimcha xarajatlar bo‘yicha bo‘lajak qonun loyihalari qonun chiqaruvchi organning har ikkala palatasida ham yetarli darajada qo‘llab-quvvatlanishi mumkin, chunki Kiyev tarafdorlari soni uning raqiblaridan ko‘p.
LiveBarchasi