AQSH kimlarga viza berishni to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, AQSH 75 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga ham viza berishni noma’lum muddatga to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, bu pauza faqat immigratsion vizalarga taalluqli.

Ma’lumot uchun, AQSHning immigratsion vizasi – bu chet el fuqarosiga AQSH hududida doimiy yashash huquqini beradigan viza turi bo‘lib, u orqali shaxs mamlakatga kirgach doimiy rezident maqomini oladi. Bunday viza AQSHda doimiy yashash, ishlash, o‘qish va qonun doirasida biznes yuritish imkonini beradi hamda kelajakda AQSH fuqaroligini olish uchun murojaat qilish huquqini yaratadi. Immigratsion vizalar bir necha asosiy toifalarga bo‘linadi:

  • AQSH fuqarolari yoki doimiy rezidentlarning yaqin qarindoshlari uchun mo‘ljallangan;
  • ish asosidagi vizalar – AQSH ish beruvchisining taklifi asosida malakali mutaxassislar, investorlar va boshqa kasb egalari uchun beriladi;
  • Diversity Visa dasturi (Green Card lotereyasi) immigratsiya darajasi past bo‘lgan davlatlar fuqarolari uchun tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston ham ushbu ro‘yxatga kiradi;
  • shuningdek, diniy xodimlar, qochqinlar, boshpana olgan shaxslar va AQSH manfaatlariga xizmat ko‘rsatgan ayrim toifalar uchun maxsus immigratsion vizalar mavjud.

Immigratsion viza noimmigratsion vizalardan farq qiladi, chunki u vaqtinchalik emas, balki AQSHda doimiy yashashni ko‘zda tutadi.

AQSH joriy etayotgan pauza noimmigratsion viza – vaqtinchalik (turizm, o‘qish, ish safari, davolanish va boshqalar) vizalarga taalluqli emas.

Arizalarni ko‘rib chiqish joriy yil 21 yanvardan boshlab to‘xtatiladi. Qayd etilishicha, vazirlik viza berish tartibini qayta ko‘rib chiqayotgan bir paytda pauza “noaniq muddatga” davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Turli millatga mansub immigrantlar vizasi (DV) dasturi bo‘yicha vizalar berishni to‘xtatib qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh viza immigratsion viza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing