AQSH-Xitoy munosabatlari “havo shari mashmashasi” sabab zaiflashmadi – Bayden
Olam
−
07 fevral 2023
3402AQSH Prezidenti Jo Bayden Vashington va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar Qo‘shma Shtatlar tomonidan josuslikda gumon qilingan Xitoyga tegishli havo sharini urib tushirilgani sababli zaiflashmaganini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oq uy oldida jurnalistlar bilan suhbatlashgan Bayden har doim sharni kerak paytda urib tushirish shart degan fikrda ekanini aytgan.
Havo shari hodisasi AQSH-Xitoy munosabatlarini zaiflashtirgani yoki yo‘qligi so‘ralganda:
“Yo‘q. Biz Xitoyga nima qilishimizni tushuntirdik. Ular bizning pozitsiyamizni tushunishdi. Biz bu fikrdan qaytmaymiz. Biz to‘g‘ri ish qildik va bu zaiflashtirish yoki kuchaytirish masalasi emas – bu haqiqat”, dedi Bayden.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida AQSHning Karolina qirg‘oqlari yaqinida Xitoy havo shari urib tushirilgan va bundan so‘ng Xitoy TIV holat AQSH-Xitoy munosabatlarini keskinlashtirgani hamda Xitoy qarshi javob chorasini ko‘rishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi