AQSH xavotirda: mulozimlar orasida josus bo‘lishi mumkin – CBS

Olam

image

AQSH hukumati Eron bilan urush sababli o‘q-dorilar tanqisligi haqidagi ma’lumotlarning sizib chiqishi ushbu ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan tor doiradagi shaxslar orasidagi xorijiy razvedka agenti tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkinligidan xavotirga tushgan. Bu haqda mulozimlarga tayanib, CBS telekanali xabar berdi.  

Qayd etilishicha, tergovchilar Eron bilan urush sababli o‘q-dorilar tanqisligi haqidagi ma’lumotlar sizib chiqishini surishtirish doirasida AQSH Qurolli kuchlari Birlashgan shtabining 50 ga yaqin harbiy va fuqarolik xodimlarini poligrafda (yolg‘onni aniqlash uskunasida) tekshirgan.

“O‘q-dorilar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha maxfiy tafsilotlardan juda tor doiradagi shaxslargina xabardor edi va kimdir potensial ravishda xorijiy razvedka agenti sifatida harakat qilgan bo‘lishi mumkinligidan xavotirlar bor edi”, deyiladi telekanal xabarida.

Manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’lumotlar sizib chiqqanidan juda g‘azablangan. CBS suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, barcha mulozimlar poligraf tekshiruvidan o‘tgan. Shu bilan birga, hamma ham tekshirilmagan: xususan, bu choralar Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Den Keynga daxl qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp o‘q-dorilar zaxirasi haqida fikr bildirib, Qo‘shma Shtatlarning yana bir urushda ishtirok etish ehtimolini baholagan edi. Xususan, AQSH yetakchisi mamlakatda o‘rta va yuqori sinfdagi o‘q-dorilarning amalda cheksiz zahirasi mavjud ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing