AQSH Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha tenderda qatnashmoqchi
Olam
−
08 Oktabr
2733Qo‘shma Shtatlar Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha halol tender o‘tkazilishiga umid qilmoqda va unda ishtirok etishga tayyor. Bu haqda AQSH Savdo palatasi katta vitse-prezidenti Xush Choksi Olmaotaga ishchi tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
“AES haqida gap ketganda AQSH bu borada eng yaxshi texnologiyalarga ega va biz ochiq tender o‘tkazilishiga umid qilamiz. Bu esa Amerika kompaniyalariga ham unda qatnashishga imkon beradi”, deydi Choksi.
Nashrga ko‘ra, o‘tgan yil bahorda Qozog‘iston NuScale va GE Hitachi kabi ikkita Amerika kompaniyasi bilan respublikadagi birinchi AESni qurish bo‘yicha muzokaralar olib borgan. Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi Atom energetikasi va sanoati departamenti direktori Sergazin Gumarga ko‘ra, muzokaralarda kichik modulli reaktorlarga asoslangan stansiya qurish masalasi muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 6 oktyabr kuni AES qurilishi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi va unda qatnashganlarning 70 foizdan ortig‘i bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi. Taxminan ikki million kishi, ya’ni ovoz berganlarning 28,88 foizi bunga qarshi chiqdi. Stansiya Olmaota viloyatining Jambil tumani hududidagi Ulken qishlog‘ida qurilishi mumkin. Biroq, hozircha texnologiyalar yetkazib beruvchi tanlanmagan. Qozog‘iston hukumati tomonidan to‘rtta da’vogar kompaniyani o‘z ichiga olgan “short-list” tuzilgan. Ular Xitoyning CNNC, Koreyaning KHNP, Rossiyaning “Rosatom” va Fransiyaning EDF kompaniyalari.
LiveBarchasi