AQSH Qizil dengizda husiylarning keng ko‘lamli hujumini qaytarganini e’lon qildi

Olam

image

AQSH harbiylari va uning ittifoqchilari Qizil dengizda husiylarning 15 ta uchuvchisiz samolyotini urib tushirdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.

"Sana vaqti bilan 04:00 dan 06:30 gacha husiylar Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida keng ko‘lamli dron hujumini amalga oshirdi. AQSH harbiy-dengiz kuchlari kemalari va samolyotlari, bir nechta koalitsiya Harbiy-dengiz kuchlarining kemalari va samolyotlari bilan birga 15 ta dronni urib tushirdi”, deyiladi CENTCOM’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, dronlar "mintaqadagi tijorat kemalari, AQSH dengiz floti va koalitsiya kemalari uchun darhol xavf tug‘dirgan".

Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni Yamandagi husiylar nazorati ostidagi hududdan uchirilgan kemaga qarshi ballistik raketa zarbasi oqibatida Adan ko‘rfazida suzayotgan tijorat kemasidagi uch ekipaj a’zosi halok bo‘lgandi. 7 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamanning husiylar nazorati ostidagi hududida ikkita dronga zarba berdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaman husiylar Qizil dengiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing