AQSH Qizil dengizda husiylarning keng ko‘lamli hujumini qaytarganini e’lon qildi
Olam
−
09 mart
3133AQSH harbiylari va uning ittifoqchilari Qizil dengizda husiylarning 15 ta uchuvchisiz samolyotini urib tushirdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.
"Sana vaqti bilan 04:00 dan 06:30 gacha husiylar Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida keng ko‘lamli dron hujumini amalga oshirdi. AQSH harbiy-dengiz kuchlari kemalari va samolyotlari, bir nechta koalitsiya Harbiy-dengiz kuchlarining kemalari va samolyotlari bilan birga 15 ta dronni urib tushirdi”, deyiladi CENTCOM’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, dronlar "mintaqadagi tijorat kemalari, AQSH dengiz floti va koalitsiya kemalari uchun darhol xavf tug‘dirgan".
Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni Yamandagi husiylar nazorati ostidagi hududdan uchirilgan kemaga qarshi ballistik raketa zarbasi oqibatida Adan ko‘rfazida suzayotgan tijorat kemasidagi uch ekipaj a’zosi halok bo‘lgandi. 7 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamanning husiylar nazorati ostidagi hududida ikkita dronga zarba berdi.
LiveBarchasi