AQSH Qatarni terrorchilarni moliyalashtirishda aybladi

Olam

image

Kecha, 11 iyun kuni Nyu-York shahridagi sudda Qatar ma’murlari AQSH fuqarolarini o‘ldirgan guruhlarni yashirincha moliyalashtirishda ayblandi.

"Qatar o‘zlari boshqaradigan va nazorat qiladigan bir nechta tuzilmalardan foydalanib, xayrixohlik niqobi ostida XAMAS va Falastin Islomiy Jihodi a’zolariga dollar berib, ulardan foydalanmoqda”, deyiladi bayonotda.

Da’voga ko‘ra, qabul qilingan pullar ushbu guruhlar tomonidan Amerika fuqarolarining hayotiga zomin bo‘lgan hujumlarga ishlatilgan. Xususan, da’vogarlar 2015 yilning mart va sentyabr oylari oralig‘ida Qatar xayriyachilari Falastin hududlariga 28 million dollar yuborgan, keyinchalik bu pul XAMAS va Falastin Islomiy Jihodiga o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblashadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, da’vo terrorizm va moliyaviy terrorizm bilan bog‘liq qator ishlarni o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, unga terrorizm qurbonlarining oila a’zolari va qarindoshlari tomonidan tovon puli talab qilingan hujjatlar ham ilova qilingan. Da’vo ishi AQSHlik prokuror  Stiven Pirlz tomonidan ilgari surilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Qatar

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing