AQSH Qatar bilan yashirincha kelishib oldi – CNN 

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Qatar bilan Yaqin Sharqdagi eng yirik Al-Udeyd harbiy havo bazasini ishlatish bo‘yicha kelishuvni maxfiy ravishda yana 10 yilga uzaytirdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, CNN xabar berdi.

Tegishli ma’lumotni telekanalga Pentagonning uch vakili va ismi oshkor etilmagan bir amaldor tasdiqlagan. Materialda qayd etilishicha, Qatar poytaxti Dohaning janubi-g‘arbidagi cho‘lda joylashgan Al-Udeyd aviabazasi 10 mingdan ortiq askarni sig‘dira oladigan AQSHning Yaqin Sharqdagi eng yirik harbiy inshooti hisoblanadi. Shuningdek, u Qatar va Britaniya havo kuchlari kontingentini ham qabul qiladi.

CNN bir oy oldin ushbu bazaga tashrifi chog‘ida AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin kelishuvni uzaytirish haqida gapirmaganini payqagan. Prezident Jo Bayden ma’muriyati ham buni oshkor qilmadi. 

“Kelishuv Iroq, Suriya va Yamanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan guruhlar tomonidan tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda AQSHning mintaqadagi ishtirokini kuchaytirish kontekstida uzaytirildi”, deb ta’kidlaydi telekanal.

Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, 17 oktyabrdan buyon Suriya va Iroqdagi AQSH qo‘shinlariga 66 marta hujum qilingan. Suriya hududida 900 ga yaqin, Iroqda esa 2,5 ming amerikalik askar joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 26 dekabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga qo‘ng‘iroq qilib, G‘azo sektoridagi vaziyat va Falastin-Isroil mojarosini hal qilish borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Qatar harbiy baza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing