AQSH ittifoqchilarini Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritishga tayyorlamoqda – “Reuters”

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z ittifoqchilarini agar Xitoy Rossiyaga yordam bersa, unga nisbatan sanksiyalar joriy etishga qanchalik tayyorligini aniqlashga harakat qilmoqda. Bu haqda kecha, 1 mart kuni "Reuters" agentligi AQSH rasmiylari va boshqa manbalarga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSHning mazkur masala bo‘yicha maslahatlashuvlari dastlabki bosqichda va u birinchi navbatda G7 mamlakatlariga katta e’tibor qaratmoqda. Biroq hozircha qanday cheklovlar qo‘llash imkoni borligi ochiqlanmagan va bu borada hali kelishuvga erishilmagan.

Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan maslahatlashgan mamlakatlardan birining vakili Xitoyning Rossiyaga harbiy yordam berish bo‘yicha ehtimoliy niyatini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan razvedka ma’lumotlari taqdim etilganini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Vashington Pekin urush vaqtida Moskvaga yordam bersa, unga qarshi sanksiyalar joriy etishini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Xitoy Rossiya Federatsiyasiga qurol-yarog‘ bilan yordam berishga qaror qilsa, Pekinning AQSH va dunyoning boshqa mamlakatlari bilan munosabatlari jiddiy muammolarga duch keladi. Xitoy tarafi esa AQSHning bunday ayblov va tahdidlariga toqat qilmasligini bildirgandi. Shuningdek, Xitoy Ukrainaga o‘lim qurollarini joylashtirgani uchun Vashingtondan izoh talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing