AQSH Isroilning G‘arbiy Sohildagi operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi – Oq uy

Olam

image

AQSH Isroilning G‘azo sektori janubidagi operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi

Unga ko‘ra, 7 oktyabr kuni HAMAS hujumiga javob qaytargan Isroil harbiy vertolyoti G‘arbiy Sohildagi musiqa festivalida tinch aholini ham o‘qqa tutgani haqidagi xabarlar hali tasdiqlanmagan. Shuningdek, u hududdagi falastinlik tinch aholining zo‘ravonlikka uchrayotganini qabul qilib bo‘lmasligini aytgan. 

"AQSHning asosiy maqsadlaridan biri garovdagilarni ozod qilishdir va Vashington bu borada ishlamoqda”, deydi Kirbi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil hukumati quruqlikdagi operatsiyani G‘azo janubiga yo‘naltirish niyatida. 

“Avval aytganimdek, AQSH bunday operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlamaydi”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Bosh vaziri idorasi HAMAS bilan sulhga erishilganini ma’lum qilgan, HAMAS ham buni tasdiqlagandi. Biroq keyinroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu vaqtinchalik sulhga erishilgan bo‘lsa-da, HAMASga qarshi urushni davom ettirishini aytdi


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil operatsiya G'azo HAMAS G'arbiy Sohil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing