AQSH Isroilning Falastindagi qochqinlar lageriga bostirib kirishini qo‘llashini bildirdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati Isroilning Iordan daryosining g‘arbiy sohilida o‘tkazgan maxsus operatsiyasini qo‘llab quvvatlaydi. Bu haqda bugun, 3 iyul kuni Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashi vakili ma’lum qildi.

Uning aytishicha, AQSH Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarni o‘z xavfsizligi va xalqini himoya qilish huquqi doirasida deb biladi.

“Biz maxsus operatsiya haqidagi xabarlarni ko‘rdik va vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Biz Isroilning o‘z xavfsizligi va xalqini HAMAS, Falastin Islomiy Jihodi va boshqa terroristik guruhlardan himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan Oq uy vakili. 

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning Jenin shahrida o‘tkazgan maxsus amaliyoti oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 50 ga yaqini yaralangan, ulardan kamida 10 nafarining ahvoli og‘ir.

Isroilning Kan radiostansiyasi esa mazkur operatsiyadan maqsad G‘arbiy Sohil shimolidagi “radikal”larga qarshi “Isroilning jilovini tiklash” ekanini xabar qilgan. Shuningdek, Isroil harbiylari Jenindagi masjidning yerto‘lasini tintuv qilib, u yerda qurol-yarog‘ va portlovchi moddalar topganini da’vo qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyulga o‘tar kechasi Isroil qurolli kuchlari Jenin va unga tutash falastinlik qochqinlar lagerida keng ko‘lamli operatsiya boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Falastin Isroil Jenin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing