AQSH Isroilni “Hizbulloh” bilan muzokara o‘tkazishga majburlamoqda – NYT

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga 28 noyabr kuni AQSHda bo‘ladigan Shukrona kuni (“Thanksgiving Day”) oldidan “Hizbulloh” harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The New York Times” xabar berdi. 

Nashrga ko‘ra, so‘nggi haftalarda vositachilar Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishda katta yutuqlarga erishgan, ammo jarayon Binyamin Netanyaxuning talab qilgan kafolatlari sabab sekinlashgan. Unga ko‘ra, agar “Hizbulloh” sulhni buzsa, Isroil harbiy harakatlarni qayta boshlash huquqini olishi lozim. 

Kelishuvga ko‘ra, Isroil kuchlari 60 kun ichida Livandan chiqariladi, “Hizbulloh” Litani daryosidan shimolga, chegaradan uzoqlashadi. Shuningdek, Livan janubida mamlakat armiyasi joylashtiriladi, bu esa bufer zonasi yaratilishini anglatadi.

Sulh AQSH va boshqa vositachi davlatlar yordamida Isroil, Livan va “Hizbulloh” o‘rtasida tuziladi. “Reuters” va “Ynet” ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kelishuvni rasman e’lon qilishi kutilmoqda. Ammo Isroil kelishuv matnida o‘z harakat erkinligi kafolatlanishini talab qilmoqda va Fransiyaning jarayondagi ishtirokini qisqartirishga intilmoqda. Bu Fransiyaning Netanyaxu va sobiq Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantga nisbatan Xalqaro jinoiy sud orderlarini qo‘llab-quvvatlagani tufayli yuzaga kelgan taranglik bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil hujumlarining kuchayishiga qaramay yahudiy davlati va “Hizbulloh” Livanda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga juda yaqin turgani xabar qilingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil “Hizbulloh”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing