AQSH Isroilga harbiy yordamni ko‘paytirdi – “Bloomberg”

Olam

image

AQSHning Isroil rahbariyatiga G‘azo sektorida tinch aholi qurbon bo‘lmasligi haqidagi rasmiy chaqiriqlariga qaramay, Vashington Tel-Avivga harbiy yordam hajmini oshirishda davom etmoqda. Bu haqda Pentagon hujjatlariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi

Bildirilishicha, AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan qabul qilingan Isroilning oktyabr oyidagi so‘roviga binoan yetkazib berish allaqachon boshlangan. O‘tgan oy oxirida Isroilga quyidagi harbiy yordam yetkazilgan:

  • 36 mingta 30 mm o‘q-dorilar;
  • AH-64E Apache hujum vertolyotlari uchun 2 mingga yaqin Hellfire raketalari;
  • 1,8 ming M141 granata otish moslamalari;
  • va kamida 3,5 ming tungi ko‘rish moslamalari.

Pentagon Isroilning o‘zini himoya qilish vositalariga ega bo‘lishini ta’minlash uchun bir nechta ta’minot manbalaridan, jumladan, ichki zaxiralari va sanoat kanallaridan foydalanayotganini aytgan.

Ta’kidlanishicha, bunday yordam deyarli har kuni Isroilga yetib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, Isroil 57 mingdan ortiq yuqori portlovchi artilleriya snaryadlari, 20 ming M4A1 miltiqlari, 5 mingtagacha tungi ko‘rish moslamalari, 3 mingta M141 granatalari, 400 ta 120 mm minomyotlar, 75 ta JLTV umumiy yengil taktik transport vositalari va 200 ta Switchblade 600 snaryadlarini so‘ragan.

““Bayden ma’muriyati Isroilni G‘azo sektorida tinch aholining qurbon bo‘lishini oldini olishga chaqirganiga qaramay, qurol-yarog‘ uzatish davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, AQSH ma’muriyati oktyabr oyida Kongressga 2024 moliya yilida (1 oktyabrdan boshlangan) qo‘shimcha yirik byudjet mablag‘lari, birinchi navbatda, Ukraina va Isroilga yordam berish, shuningdek, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Xitoy va Rossiyaga qarshi kurashish bo‘yicha so‘rov yuborgan. Umuman olganda, ijro etuvchi hokimiyat ushbu maqsadlar uchun 106 milliard dollarga yaqin mablag‘ olishni istaydi. So‘rov va muqobil qonun loyihalarining keyingi taqdiri so‘roq ostida qolmoqda. Yaqinda AQSH Kongressi Vakillar palatasi va Senatidagi ko‘plab respublikachilar Kiyevga moliyaviy yordam ko‘rsatishni davom ettirishga qarshi chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing