AQSH Iroqda ISHIDning qochqin yetakchisini yo‘q qildi
Olam
−
15 mart
1759AQSH Prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylar Iroqda ISHID terrorchilik tashkilotining qochqin yetakchisini yo‘q qilganini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
“Iroqda ISHIDning qochqin yetakchisi yo‘q qilindi. Bizning qo‘rqmas askarlarimiz uni tinimsiz ta’qib qilishdi. U va yana bir ISHID a’zosining ayanchli hayotiga Iroq hukumat va Kurdiston mintaqaviy hukumati bilan hamkorlikda nuqta qo‘yildi. Kuch orqali tinchlik!” deb yozdi AQSH Prezidenti.
Lekin, u yo‘q qilingan terrorchilarning ismlarini oshkor etmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) kuchlari Suriyaning Dayr az-Zaur viloyatida ISHID rahbari Abu Yusufni (taxallusi Mahmud) yo‘q qilgandi. Unga qilingan hujum oqibatida ikki nafar ISHID jangarisi ham o‘ldirilgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

