AQSHda “Ien” to‘foni qurbonlari uch baravar ko‘paydi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Florida shtatida sodir bo‘lgan “Ien” to‘foni qurbonlari soni 42 kishiga yetdi. Bungacha 14 kishi halok bo‘lgani aytilayotgandi. Bu haqda CNN mahalliy hokimiyatga tayanib xabar bermoqda.

“Ien” Floridada kamida 42 kishini o‘ldirganidan so‘ng, kecha, 30 sentyabr kuni Janubiy Karolina shtatiga zararli shamollar va hayot uchun xavfli bo‘ron bilan yopirilib, post-tropik siklon darajasiga tushgan.

“Siz shuni tushunishingiz kerakki, “Ien”ning post-tropik siklonga o‘tishi u endi xavf tug‘dirmaydi degani emas”, deydi Dovullarni nazorat qilish milliy markazi telekanalga.

“Ien” odamlarning qurbon bo‘lishi va uylarga katta zarar yetkazishdan tashqari, mahalliy aholini elektrsiz qoldirgan. Mahalliy vaqt bilan 20:00 holatiga ko‘ra, elektr tarmoqlari kompaniyalari ma’lumotlarini jamlovchi Poweroutage.com portali Floridada bir yarim milliondan ortiq, Janubiy Karolinada 147 ming, Shimoliy Karolinada deyarli 285 ming va Virjiniyada 58 ming kishi elektrsiz qolganini ko‘rsatgan.

30 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden “Ien” yaqinlashgani munosabati bilan Janubiy Karolina shtatida favqulodda holat e’lon qildi.

“Ien” to‘foni 28 sentyabr kuni Florida shtatining janubi-g‘arbiy qirg‘oqlariga zarba berdi va keng ko‘lamli vayronagarchilik va suv toshqinlariga sabab bo‘ldi, 2,5 milliondan ortiq iste’molchini “svet”siz qoldirib, telekommunikatsiya tarmoqlari va aeroportlar ishini to‘xtatib qo‘ydi. 29 sentyabrda Florida gubernatori Ron DeSantis dovuldan ko‘rilgan zararni “tarixiy” deb atadi va mahalliy daryolardan birining toshib ketishini har besh yuz yilda bir marta sodir bo‘ladigan hodisa deb ta’rifladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh to'fon

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing