AQSH Gruziyaga yordam berishni to‘xtatdi
Olam
−
31 iyul
4110Qo‘shma Shtatlar Gruziyaga yordam dasturini mamlakatda “Tashqi ta’sirning ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Gruziya hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan 95 million dollardan ortiq yordam paketini ajratish haqida bormoqda. Amerika diplomatiyasi rahbari Gruziya hukumati “demokratik va yevroatlantika intilishlarini ilgari surish maqsadida qonunni qayta ko‘rib chiqishiga” umid bildirdi.
Uning qayd etishicha, Vashington Gruziya hukumatining harakatlarini Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zolikka mos kelmaydigan deb biladi.
Ma’lumot uchun, Gruziyadagi muxolifat Konstitutsiyaviy sudga “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunga qarshi da’vo arizasi bilan chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Amerika Qo‘shma Shtatlari “Noble Partner 2024” harbiy mashg‘ulotlarini noma’lum muddatga qoldirganidan so‘ng, Gruziyaga yordamni muzlatib qo‘ygani xabar qilingandi.
LiveBarchasi