AQSH gipertovushli raketasining yangi sinovlarini o‘tkazdi

Olam

image

Amerika harbiylari uzoq masofaga uchuvchi Dark Eagle gipertovushli raketasining navbatdagi sinovlarini o‘tkazdi. Bu haqda “Space Coast Daily” gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, sinovlar kecha, 26 mart kuni bo‘lib o‘tgan. Raketa Florida shtatidagi Kanaveral burnida joylashgan AQSH Kosmik kuchlari bazasidan uchirilgan.

Qayd etilishicha, armiya uzoq masofali gipertovushli qurolga (Long-Range Hypersonic Weapon, LRHW) rasman Dark Eagle nomini atigi bir necha kun oldin bergan.

Ma’lumot uchun, Dark Eagle Lockheed Martin korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning yordamida ommaviy zarbalar berish, shuningdek, mustahkamlangan mudofaa chiziqlarini yorib o‘tish mumkin. Raketa soatiga 6 ming kilometrdan yuqori tezlikda 3 ming kilometrgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishga qodir.

Amerika harbiylari gipertovushli raketani ilk bor 2024 yil dekabrida sinovdan o‘tkazgan. Pentagon o‘shanda sinovlar muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Mudofaa vazirligi o‘q-dorilar arsenali uchun o‘ta muhim komponentlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha bir nechta harbiy-sanoat korporatsiyalari bilan kelishuv imzolagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

gipertovushli raketa Lockheed Martin Dark Eagle

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing