AQSH Germaniyadan qariyb 5 ming harbiyni olib chiqadi
Olam
−
13:50 468 1 daqiqa
AQSH Germaniya hududidan taxminan 5 ming nafar harbiy xizmatchisini olib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CBS News, “Reuters” hamda “Fox News” jurnalisti Jakiye Heinrich xabar berdi.
Pentagon vakili Sean Parnellning so‘zlariga ko‘ra, qaror Yevropadagi kuchlar joylashuvini har tomonlama qayta ko‘rib chiqish natijasida, shuningdek operatsion vaziyat va ehtiyojlardan kelib chiqib qabul qilingan. Harbiylarni olib chiqish jarayoni 6 oydan 1 yilgacha davom etishi kutilmoqda.
Pentagondagi yuqori lavozimli manbalar CBS News’ga bergan ma’lumotida, bu qadam Prezident Donald Trampning Yevropa ittifoqchilari tomonidan Eron bilan urushda ko‘rsatilgan yordam darajasidan norozi ekaniga ishora sifatida baholanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil dekabr holatiga Germaniyadagi harbiy bazalarda 36 mingdan ortiq amerikalik harbiy joylashgan. Bundan tashqari, mamlakatda qariyb 1,5 ming nafar zaxira harbiy va 11,5 mingga yaqin fuqarolik xodimlari ham bor.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 aprel kuni Tramp Germaniyadagi harbiy kontingentni qisqartirish ehtimoli ko‘rib chiqilayotganini bildirgan edi. Bu bayonot Germaniya kanslerining AQSH siyosatini tanqid qilganidan keyin yangradi. U Vashingtonni Eron bilan urushdan chiqish strategiyasiga ega emaslikda ayblagan.
Bunga javoban Tramp kanslerni vaziyatni tushunmaslikda ayblab, unga Ukrainadagi mojaroni hal qilishga ko‘proq e’tibor qaratishni tavsiya qilgan.
Live
Barchasi