AQSH fuqarolaridan Ozarbayjonni zudlik bilan tark etishni so‘ragani rad etildi
Olam
−
05 iyul
4642Avvalroq, EU Daily nashri AQSHning Bakudagi diplomatik vakolatxonasi o‘z fuqarolariga yaqin vaqt ichida Ozarbayjon Respublikasi hududini tark etishni tavsiya qilgani haqida xabar bergan edi. Qo‘shma Shtatlarning Ozarbayjondagi elchixonasi ommaviy axborot vositalarida chop etilayotgan ushbu mazmundagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda elchixona o‘zining X sahifasida post joyladi.
Elchixona bunday ma’lumotlar dezinformatsiya ekanini ta’kidlagan. Bayonotda yozilishicha, to‘g‘ri va ishonchli ma’lumot izlayotganlar faqat elchixonaning rasmiy manbalariga murojaat qilishi kerak. Bunday manbalar muhim hollarda muntazam yangilanadi.
“AQSH Davlat departamentining rasmiy saytida qayd etilganidek, Ozarbayjon uchun sayohat ogohlantirishi 2-darajada – Italiya va Ispaniya bilan bir xil darajada baholanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjonda 43 nafar deputat mamlakat Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramovga AQSH bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgandi. Mazkur murojaatda AQSH bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqish uchun ba’zi choralar ko‘rish so‘ralgan. Jumladan, 1997 yilda imzolangan “Kelajakdagi harbiy va mudofaa aloqalari to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot”ni va 2013 yilda Ozarbayjon va AQSH mudofaa vazirliklari o‘rtasida imzolangan jihozlar xaridi va o‘zaro xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvni bekor qilishga chaqirilgan.