AQSH fuqarolari JSSTni sudga berdi

Olam

image

Nyu-York shtatining tumanlaridan birida istiqomat qiluvchi bir guruh Amerika fuqarolari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) qarshi sudga murojaat qilishdi. Ular JSSTni koronavirus haqida o‘z vaqtida ogohlantirmaganidan norozi.

Ta’kidlanishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga qaratilgan ushbu hodisa “Kling va boshqalar JSSTga qarshi“ deb nomlangan. Da’vo Nyu-York​ning janubiy tumanidagi AQSH okrug sudiga, Vestchester okrugi fuqarolari — Richard Kling, Nyu-Roshellik Stiv Rotker va Skersdeylda yashovchi Jennaro Xarvalar tomonidan berilgan.

Da’voga ko‘ra, JSST qo‘pol beparvolikda ayblanmoqda. Ariza beruvchilar AQSHning 756 ming katta yoshli aholisiga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilmoqdalar.

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatgani haqida xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 787 901 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 72 858 nafari sog‘aygan, 42 364 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 672 679 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Sud Koronavirus AQShda

Baholaganlar

196

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made