AQSH Eronning Bandar-Abbosdagi eng muhim portini yakkalab qo‘ydi
Olam
−
19 iyul 5195 2 daqiqa
AQSH Eronning Bandar-Abbosdagi eng muhim portini boshqa hududlardan uzib qo‘ydi . Kechadan beri Eronning Hormozgan viloyatidagi ko‘prik va yo‘llarga berilayotgan havo zarbalari Amerika harbiylariga Bandar-Abbos shahriga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘yish imkonini berdi. Ushbu shaharda Eronning konteyner tashuvchi kemalar uchun mo‘ljallangan eng yirik port terminali joylashgan. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, shahar Hormuz bo‘g‘ozining eng tor qismidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u orqali sanoat uskunalari va iste’mol tovarlari ta’minotining 50 foizdan ortig‘i, shuningdek, xom neft ta’minotining 90 foizdan ziyodi o‘tadi.
“Al Jazeera” telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, shaharning joylashuvi Eron rasmiylariga AQSH sanksiyalarini aylanib o‘tish va neft eksport qilishda yordam beradi. Shuningdek, Bandar-Abbos atrofida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining bir nechta bazasi, jumladan, Eron Harbiy-dengiz kuchlarining bosh qarorgohi joylashgan.
Bandar-Abbosni mamlakatning qolgan qismi bilan ko‘priklar va temir yo‘l bog‘lab turar edi — hozirda ular vayron qilingan.
Qayd etilishicha, ko‘priklarga berilgan zarbalar AQSH tomonidan Jeneva konvensiyalarining buzilishi masalasini o‘rtaga chiqarmoqda.
Qayd etish joiz, AQSH harbiylari ketma-ket sakkizinchi kun Eron Islom Respublikasini bombardimon qilmoqda. Bugun, 19 iyulga o‘tar kechasi tunda Eron janubidagi Hojiobod shahriga zarba berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Eron janubidagi suvni chuchuklashtirish inshootlariga bergan zarbasi 10 ming kishini suvdan mahrum qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust